Xorijiylar
Xorijiylar (Arabcha ajralib chiqqan, isyonchi) — islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan Umaviylar o’rtasidagi kurash davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kuratshda Ali Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko’ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining o’rtasida norozilik tug’dirgan. Qo’shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham babbaravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari Xorijiylar deb nom olgan. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo’ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arabmusulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o’zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. Xorijiylar «dindan qaytgan» deb e’lon qilingan siyosiy va g’oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo’lgan. Xorijiylar ta’limotiga ko’ra, xalifa diniy jamoa tomonidan sayla- nadi va jamoaga bo’ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo’lsa ham) xalifa bo’lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo’shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E’tiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida Xorijiylar murji’ishshrta qarama-qarshi turgan. Keyinchalik Xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo’linib ketgan. Umaviy va Abbosiy xalifalar 7-9-asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida Xorijiylarning ko’pi qirib tashlandi, qolganlari shimoliy Afrikada o’z davlatini vujudga keltirdi. Xorijiylar xalifalikdagi ko’pgina qo’zg’olonlar (zanjilar qo’zg’oloni, Abu Muslim qo’zg’oloni va boshqa qo’zg’olonlar)da qatnashgan. Hozirgi davrda Xorijiylarning ibodiylar firqasi Mag’rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va boshqa mamlakatlarda), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.