Xirurgiya markazi
Xirurgiya markazi, V. V. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy markazi — O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqdash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot va davolash muassasasi. 1975 yil Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy tadqiqot institutining Toshkent filiali sifatida tashkil etilgan. 1991 yildan hozirgi nomi bilan faoliyat ko’rsatadi. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yo’nalishlari ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolarida boshqa o’xshashligi bo’lmagan, o’ziga xos jarrohlik amaliyotlarini o’tkazadi, bularga, birinchi navbatda, hayot uchun muhim a’zolar, yurak nuqsonlari, yirik qon tomirlar, o’pka, jigar va me’da osti bezi rekonstruktivtiklash jarrohligi va boshqalar kiradi. Xirurgiya markazining vazifasi O’zbekistonda jarrohlik muammosi bilan boglik masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada xirurgiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ixtisoslashgan ilmiy va amaliy xirurg mutaxassislar tayyorlash va boshqalardan iborat. Markazda 12 klinik bo’lim: jigaro’t yo’llari va Portal gipertenziya jarrohligi, lazer va me’da-ichak jarrohligi, yurakqon tomir jarroxdigi, ko’krak qafasi jarrohligi, rekonstruktivplastik jarrohlik, rentgenendovaskulyar jarrohlik va interventsion radiologiya, shuningdek, patomorfologiya va lazer terapiyasi, anesteziologiya va reanimatologiya, mikrobiologiya va klinik biokimyo, eksperimental jarroxlik kabi fundamental va amaliy bo’limlar, 370 o’rinli klinik kasalxona va poliklinika ishlab turibdi. Xirurgiya markazi da 90 dan ziyod ilmiy xodim, jumladan, 22 fan doktori va professor, 50 fan nomzodi xizmat qiladi (2004). Markazda drlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha maxsus ilmiy kengash faoliyat ko’rsatadi. Markaz olimlari ko’pgina yirik ilmiy anjumanlarda qatnashib keladi. Xirurgiya markazi ilmiy to’plam, monografiya, darslik va turli qo’llanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi. Markaz bazasida Toshkent birinchi tibbiyot insitutining gospital xirurgiya, magistratura hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1-xirurgiya kafedrasi bor.