Xiroj, xaraj
Xiroj, xaraj (Arabcha) — Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan yer solig’i. Sosoniylar davlatipa Qavad I va uning o’g’li Xusrav I Anushirvon o’tkazgan soliq islohoti natijasida joriy qilingan yer solig’i (xarag). Xiroj ilk Xalifalik hududida «jizya» atamasining sinonimi sifatida qo’llanilib, musulmon bo’lmagan aholi bilan bir qatorda yer, suvga ega bo’lgan Musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari Xiroj misoha (yer maydoni birligidan undirilgan) va Xiroj muqosama (yerning sifati va sug’orish usuliga qarab hosilning 1/4, 1/3 yoki 1/2 qismi hajmida undirilgan) ga ajratilgan. Xiroj Usmonli turk imperiyasing 18-asr oxirlariga kelib jizya bilan qo’shilib ketgan. Misrda esa, 1907 yil daromad solig’i bilan almashtirilgan. Xiroj O’rta Osiyoda 7-asrda arablar tomonidan joriy qilingan. Xiroj yig’ish uchun har bir viloyatga sarkor, qishloqqa devonbegi va kotib tayinlangan. Xiva xoni Muhammad Rahim I (1775-1825) Xirojni pul bilan undirishni joriy qilgan. Bunda Xiroj olingan hosil miqsoridan emas, balki yer egasining xo’jaligi va yer maydoniga qarab olingan. Qo’qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin bu yerda ham Xirojni natura o’rniga pul bilan yig’ish rasm bo’lgan.