Xemosorbtsiya

Xemosorbtsiya (xemo… va sorbtsiya), kimyoviy sorbtsiya — suyuqlik va qattiq jismning atrof muhitdan moddalar yutishi. Bunda kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi. Torroq ma’noda Xemosorbtsiya qattiq jism sirtining modsani kimyoviy yutishi, ya’ni kimyoviy adsorbtsiya deb qaraladi. Xemosorbtsiyada issiqlik mikdori ko’proq ajralib chiqadi: odatda, Xemosorbtsiya issiqligi 84-126 kj/mol, ba’zi hollarda, masalan, kislorodning metallarga singishida 420 kj/mol dan ham ortishi mumkin. Kimyoviy reaktsiyalarga o’xshab, Xemosorbtsiya ham anchagina faollash (aktivatsiya) energiyasini talab qiladi. Shuning uchun temperatura ortganda Xemosorbtsiya tezlashadi. Xemosorbtsiyani o’rganish uchun spektroskopiya, elektron paramagnit va yadroviy magnit rezonans, elektron hamda ion proektorlari, sekin harakatlanuvchi elektronlar difraktsiyasi va boshqalar qo’llaniladi. Xemosorbtsiya geterogen katalizda, gazlarni tozalashda, vakuum texnikasi va boshqalarda muhim rol o’ynaydi. Xemosorbtsiya sanoatda keng qo’llaniladi.