ARTEMIYA

ARTEMIYA (Artemia salina) — jabraoyoqlilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlarning bir turi. Uzunligi 0,8 — 1 santimetr. Erkagining antennasi tutuvchi organga aylangan bo’lib, kuyikish davrida urg’ochisini ushlab turish uchun xizmat qiladi; antennalari ipsimon, tuxum xaltasi bitta. Turli darajada sho’rlangan ko’llar, ko’lmak suvlari va dengiz limanlarida tarqalgan. Suv sho’rlanishining juda keng chegarada o’zgarishiga (40 dan 230% gacha) moslashgan. Qorin bo’limi uchidagi ayrisining rivojlanishi suvning sho’rlanishiga qarab o’zgarib turadi (sho’rlanish qancha kam bo’lsa, ayri shuncha uzun bo’ladi). O’zbekistonning cho’l va dashtlarida sizot suvlardan hosil bo’lgan ko’llarda, zovur suvlarida ko’p uchraydi. Artemiya baliqlarga oziq sifatida maxsus zavodlarda ko’paytiriladi.