Qag’anoq
Qag’anoq — yangi tuqqan qo’yning dastlabki 3-4 kunlik sutidan tayyorla- nadigan mahsulot. Sog’ib olingan sut sust olovda tuz va sedana solib qaynatiladi. Qag’anoqqa guruch, oqshoq qo’shish ham mumkin. Qag’anoqni sovitib iste’mol qilinadi. Tarkibida yog’va oqsil, fiziologik faol moddalar ko’pligi va to’yimliligi bilan boshqa sut mahsulotlaridan farq qiladi. Sovigan Qag’anoq yumshoq pishloq kabi qotadi.