Qashqar, Qizilsuv
Qashqar, Qizilsuv — Xitoyning g’arbiy qismidagi daryo, boshlanish qismi Qirg’iziston va Tojikiston hududlarida. Uzunligi 765 kilometr (685 kilometr Xitoyda), havzasining maydoni 90,8 ming km2. Daryo olay va orqa Olay tizmalarining yon bag’irlaridan boshlanib, quyi qismida Qashqar tekisligida oqadi. Suvi vohani sug’orishga sarflanadi. O’rtacha suv sarfi quyi qismida 77 m3/sek., eng yuqorisi 500 m3/ sek. Yozda suvi ko’payadi. Daryo ko’p oqiziq keltiradi. Qashqar dastlab Yorkend daryosiga quyilgan, endilikda undan g’arbda joylashgan To’g’roqqum qumlariga singib ketadi. Qashqar bo’yida Qashqar shahri joylashgan.