ARTIKL

ARTIKL (lotincha articulus) — ba’zi tillarda otning oldida kelib, aniqlik ma’nolarini bildiradigan old qo’shimcha. Bir xil tillarda (ingliz) Artikl kelishik, jins va sonda o’zgarmaydi, ayrim tillarda (nemis) o’zgaradi. O’rta Osiyo mumtoz adabiyotida Arabcha (al) artikli (Arab tilidan kirgan so’zlarda) otlar oldidan kelib, aniqlik ma’nosini beradi. Agar al qamariya harflaridan oldin kelsa, to’la o’qiladi: Al-kitob— muayyan bir kitob, Qur’on; al-Xorazmiy, al-Beruniy. Shamsiya harflaridan oldin kelsa, talaffuzda tushib, undan keyingi harf takrorlanadi: ash-shamsu; an-Nabiy — kabi.