ARTOBOLEVSKIY IVAN IVANOVICH

ARTOBOLEVSKIY IVAN IVANOVICH (1905.9.10 – Moskva – 1977.21.9.) -mexanika sohasidagi olim, akademik (1946), texnika fanlari Doktori (1936), professor (1929), mashina va mexanizmlar nazariyasi asoschilaridan biri. Moskva oliy o’quv yurtlarida, MDUda ishlagan (1927 yildan). Artobolevskiy mexanizmlar tasnifini rivojlantirib, tekis va fazoviy mexanizmlarning umumiy tasnifini, tekis mexanizmlar kinematikasi va kinetostatistikasini, fazoviy sferik mexanizmlarning tuzilishi va kinematikasi masalalarini, mexanizmlar sintezi, dinamikasi kabi masalalarning hal etilishi yo’llarini ishlab chiqdi.