Rota
Rota (polyakcha rota, nemischa Rotte — tuda, otryaddan) — ko’pgina davlatlar qurolli kuchlaridagi motoo’qchi (motopiyoda askarlar, piyoda askarlar), tank, muhandislik qo’shinlari va boshqalardagi taktik bo’linma. Dastlab 15-asr oxiri — 16-asr boshida G’arbiy Yevropa davlatlarining yollanma armiyalarida tuzilgan. Hozirgi zamonda Rota bir necha vzvoddan iborat bo’lib, batalon (polk) tarkibiga kiradi, mustaqil xam bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Rota guruh deb nomlanadi.