Rostok universiteti

Ma’nosi

Rostok universiteti — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. 1419 yil tashkil etilgan. Germaniyaning Rostok shahrida. O’rta asrlarda shimoliy Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari uchun ta’lim markazi bo’lgan. 1437-43 yillarda vaqtincha Greyfsvald, 1487-90 yillarda Vismar va Lyubek shaharlarida joylashgan. Matematika va tabiiy fanlar, kemasozlik, tibbiyot, qishloq xo’jalik, iqtisodiyot bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 1,5 milliondan ortiq asar saqlanadi. Universitetda 6 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.

O‘xshash so‘zlar

R harfi: barcha so‘zlar