Rost

Rost — o’n ikki maqom, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan biri. O’rta asr musiqa risolalarida ko’p kuy va ashulalar Rost tovushqatoriga mos kelgani uchun shu nom bilan atalganligi qayd etilgan. Rost maqomi miksolidiy gammaga to’g’ri keladi. Shashmaqomda Rostning cholg’u qismlari tasnifi Rost, Garduni Rost, Muxammasi Rost, Muxammasi Ushshoq, Muxammasi Panjgoh, Saqili Islimxon, Saqili rakraklardan iborat. Ashula bo’limida 2 guruh sho»balar bo’lib, birinchisiga Saraxbori Rost, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navro’zi Sabo, ularning taronalari va Ufari Ushshoq hamda suporish qismlari kiradi. 2 guruh sho’balari Savti Ushshoq, Savti Sabo va Savti kalon deb atalib, har birida 5 ta shoxobcha turkum tarzida ijro etiladi. Rost maqomi sho»balari avjida Ushshoq, Segoh, uzzol, Muhayyari Chorgoh namudlari va Zebo pari avji ishlatiladi.