ARXITEKTONIKA

ARXITEKTONIKA (lotincha architektonike — qurilish san’ati) — san’at, ko’pincha me’morlik asarlarining asosiy va ikkinchi darajali qismlarining o’zaro mutanosibligi. Arxitektonika qonunlari tizimi sifatida o’zaro munosabatda bo’lgan qismlarning uyg’unligi, mutanosibligi va muvofiqligini ifodalaydi. Masalan, Buxorodagi Somoniylar maqbarasi (9 — 10-asrlar). Maqbaraning hamma qismlari (kub va gumbaz sathi) handasiy mutanosiblik qonunlariga bo’ysungan. O’zbekiston me’morligida ikki xil tizimi kuzatiladi: sinchkor binolar va toku ravokli binolar. Sinchkor Arxiteknonikada ustun va to’sinlar keng qo’llaniladi. Toqu ravoqli Arxiteknonikada asosan g’ishtin maxrbatli binolar yaratilgan.