Richards (Richards) Dikinson
Richards (Richards) Dikinson (1895.3.10, Orinj, Nyu Jersi — 1973) — amerikalik xirurgkardiolog. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kolumbiya universitetini tugatgan (1922); tibbiyot professor (1947— 61). A. Kurnan bilan hamkorlikda yurak va o’pkaning normal va patologik holatdagi funktsiyasini (jumladan, yurakni ka teterlashni) tadqiq etgan; travmatik shokda yurak faoliyatining o’ziga xos jihatlarini o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1956, A. Kurnan va V. Forsman bilan birga).