ARQONIY

ARQONIY — kechpishar qovun navi. Shakli ellipissimon, bo’yi 30 — 35 santimetr, og’irligi 4 — 7 kilogramm. Pusti qalin, sirti bir oz burishgan, kam to’r, yashil. Eti oqish-yashil, qalinligi 4 — 5 santimetr, shirin, tarkibida 9,1% gacha qand bor. Urug’ xonasi katta, urug’i cho’ziq va bir oz bukik. Urug’i ekilganidan keyin 100 — 120 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 350 tsentner/gektar. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekiladi. Kuz — qishda asrash va olis joylarga yuborish uchun yaroqli.