Rahmonova To’xta
Rahmonova To’xta (1921.5.6, To’rtko’l — 1984.4.2, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. O’zbekiston xalq artisti (1950). 1934 yildan Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq teatrida ishlagan. Tabiatan jarangdor ovozi bilan musiqali drama janrida drama va vokal kompozitsiyalarini uyg’unlashtirgan holda to’laqonli obrazlar yaratdi. Qoraqalpoq teatrining musiqali drama janridagi yutuqlari Rahmonova ijodi bilan bog’liq. Gulsara («Gulsara»), Layli («Layli va Majnun»), Oypari («Kuklenbotir»), gulparchin («Alpomish»), Oysanam («Suymaganga suykanma»), Oygul («Oygul va Obod»), Shohsanam («oshiq g’arib») kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Xonanda sifatida o’zbek va qoraqalpoq qo’shiqlarini ijro etgan.