Rahmonberganov Karimbergan

Rahmonberganov Karimbergan (1870 — Xiva — 1959) — toshtarosh usta, muhrkan, kandakor. Bobosi Xudoybergan muhrkan va otasi usta Rahmonbergan Xudoyberganovlar bilan birga ishlab hunar o’rgangan. Bobosi bilan Xiva xoni Muhammad Rahim II va Isfandiyorxon hovli saroyidagi, ko’hna, Ark, Islomxo’ja madrasasi ayvonlaridagi ustunlarga marmardan o’yma naqshli poyustun (o’ratosh)lar ishlagan; otasi bilan Xivaning me’moriy obidalari (Toshhovli, ko’hna Ark va boshqalar)ni ta’mirlashda qatnashgan. Rahmonberganov Toshkentdagi Navoiy teatrining Xiva zalini bezash uchun nafis naqshlar bilan bezatilgan marmar namoyonlar yaratgan.