Reaktiv kuch, reaktiv tortish kuchi
Reaktiv kuch, reaktiv tortish kuchi — reaktiv dvigatel soplosidan chiqayotgan gaz oqimining reaktsiya (itarish) kuchi. Reaktiv kuch dvigatelning ichki va tashqi sirtiga ta’sir qilayotgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi hisoblanadi. Dvigatel tashqi sirtining har bir elementi (dS yuzasi)da atmosfera bosimi, ichida esa atmosfera bosimiga nisbatan katta bo’lgan dvigatel ish jismi (gaz)ning bosimi mavjud. Reaktiv kuch soplo o’qi bo’ylab, gaz oqimining tezlik vektoriga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Reaktiv kuchdan texnikada, xususan, kosmonavtikada keng foydalaniladi.