Rahmonov Baxrom
Rahmonov Baxrom (1915.5.5 — Toshkent — 1961.5.4) — dramaturg, publisist. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1936). O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligida (1946-48) va «Qizil O’zbekiston» gazetasi bo’lim mudiri, muharrir o’rinbosari (1948-50). O’zbekiston KP MKda bo’lim mudiri (1950-52). O’zbekiston Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig’i (1953-55). O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1958-61). «Yurak sirlari» (1953) komediyasi, «Surmaxon» dramasi (1955), «bir to’y mojarasi» (1956, hamkorlikda), «so’nggi nusxalar» (1959-60), «Qilmish-qidirmish» (1960-61) kabi ko’p pardali hamda «o’zi boshqayu, so’zi boshqa» (1955), «hasad va muhabbat» (1957), «xo’jayin ko’chdi» (1958) singari bir pardali komediyalar muallifi. «Mardlar qissasi» dramasi (1958) fuqarolar urushi voqealariga bag’ishlangan.