ASALNING SHAKARLANISHI

ASALNING SHAKARLANISHI (qotishi) — asalning suyuq holatdan kristallanib, qattiq holatga o’tishi. Asalning shakarlanishi bilan dur bog’lab, cho’ka boshlaydi. Asalning tezroq yoki sekinroq cho’kishi tarkibidagi shakarning oz-ko’pligiga bog’liq. Akatsiya, shalfey, gilos daraxtlaridan yig’ilgan sifati yuqori asal sekin; g’o’za, kanop, beda, kungaboqar o’simliklari shiralaridan olingan asal tez shakarlanadi.