Qo’ziqorin

Qo’ziqorin – diskomisetlar urug’i askomisetlar sinfiga mansub zamburug’lar turkumi. Apotesitlari yi- rik, balandligi 6-15 santimetr, kengligi 1,5—5 santimetr, tik va etdor, poyacha va qalpoqchaga bo’lingan. Poyachasi tsilindrsimon, yo’g’onligi 2-3 santimetr. Qo’ng’ir tusli qalpoqchasi poyachaga yopishgan, konussimon sirti uyachali. Askalari tsilindrik, uzun (350 mkm gacha). Sporalari bir hujayrali. Qo’ziqorinning 6 turi bor. Shimoliy yarim sharning mo’tadil mintaqalarida, Avstraliya aralash va ignabargli o’rmonlarining yalang joylarida, ayniqsa, yong’in ketgan qismida, o’rmon chetlari va tog’larda tarqalgan. Tuproq saprofiti. Erta bahorda uchraydi. Pishirib yeyiladi. O’zbekistonda cho’l Qo’ziqorini o’sadi.