ASBEST

ASBEST (Yunoncha asbestos — so’nmaydigan, yemirilmaydigan) — egiluvchan va ingichka (0,5 mkm gacha) tolalarga ajralish xususiyatiga ega bo’lgan tolasimon minerallar nomi. Ikki guruhga — serpentinlarga (xrizotil-asbest) va amfibollarga (amfibol-asbest) bo’linadi. Xrizotil-asbest (butun dunyoda olinadigan Asbestning 95% dan ortig’ini tashkil etadi) sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bu mineral o’tda kuymaslik (erish temperaturasi 1500°), tovush va elektr energiyasini o’tkazmaslik xususiyatlariga ega. Sanoatda qo’llanishi jihatidan Asbest 3 turga bo’linadi: 1) tolalari 8 millimetrdan uzun bulgan Asbest (to’qimachilik asbesti); gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday gazlamalardan o’tga chidamli kiyimlar, teatr pzrdalari, brezent hamda avtomobil tormoz lentalari, filtr va boshqa asborezina buyumlar ishlanadi; 2) tolalarining uzunligi 2 millimetrdan 8 millimetrgacha bo’lgan Asbest; asbosement buyumlar, shifer, kanalizasiya, suv, neft, gaz quvurlari, asbest kartoni, qog’oz, issiqlik va elektr izolyatsiyalari tayyorlash uchun ishlatiladi; 3) tolalarning uzunligi 0,2 millimetrdan 2 millimetrgacha bo’lgan Asbest (qurilish va tsement asbesti); o’tga chidamli qurilish materiallari va issiqqa chidamli buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kontseregen xossaga ega (tarkibida zaharli modda) bo’lgani uchun qurilish materiali sifatida kam shilatila boshlandi. Amfibol-asbestdan esa kislota va ishqor ta’siriga chidamli buyumlar tayyorlanadi. Asbest ko’pincha Ultra asosli va tarkibida kremnezem ko’p bo’lgan magmatik jinslar tutashmalarida va qisman tutash metamorfizm mahsuli sifatida magmatik jinslarning dolomitlar bilan tutashuvida paydo bo’ladi.