«ASAXISIMBUN»

«ASAXISIMBUN» («Tong quyoshi»), «Asaxi» — yapon tilida chiqadigan kundalik gazeta. «Asaxi simbuneya» kontserni 1879 yildan Osakada, 1888 yildan Tokioda nashr etadi. Keyingi yillarda Nagoya, Kitakyusyu va Sapporoda ham chiqadi. Tonggi va kechki nashrlari umumiy adadi 8 milliondan ortiq.