ASBOPLASTIKLAR

ASBOPLASTIKLAR — to’ldirgich sifatida asbest tolali materiallar qo’shilgan plastmassalar; bog’lovchi sifatida, asosan, fenol-formaldegid va melamin-formaldegid smolalardan, ba’zan kremniy organik va furonli smolalardan foydalaniladi. Asboplastiklar presslab yoki mexanik ishlov berib tayyorlanadi. Quyidagi xillari bor: qatlam-qatlam plastiklar, asbotekstolit (to’ldirgichasbest to’qimasi), asbogetinaks (asbest qog’ozi), asbolit (asbest qog’ozi va kartoni), asbest tolali iplar (to’ldirgichasbest tolasi). Asboplastiklar 400 temperaturagacha mexanik xossalarini uzoq, vaqt saqlaydi. Asboplastiklardan rotatsion nasoslarning kuraklari, elektr mashinalarning kollektorlari, metropoliten vagonlari va samolyot tormozi kolodkalari, kimyoviy apparatlar, raketaning ba’zi qismlarini issiqlikdan himoya qiladigan materiallar va boshqalar tayyorlanadi.