ASEPTIKA
ASEPTIKA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini ta’minlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan ta’sir etish), mexanik biologik va boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarrohlik operasiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga kuyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bog’lov materiallari va boshqalarni sterillash; b) jarroh qo’lini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va boshqa tekshirish ishlarini bajarish vaqtida ko’rsatilgan qonun-qoidalarga qatiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariyagigiena chora-tadbirlarni to’g’ri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki boshqa jarohatlarni bog’lash vaqtida ham Aseptika qonun-qoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qo’llaniladi.