Mazurka
Mazurka (polyakcha mazur — Mazoviyada yashovchi so’zidan) — polyak xalq raqsi. Sur’ati tez, musiqa o’lchovi ¾ yoki 3/8; ritmikasi 2-, ba’zida 3 – hissaga tushadigan urg’u bilan ajralib turadi. Xalq Mazurkalariga xos jo’shqinlik, dilkashlik va dovyuraklik (18-asr oxiridan) ko’pgina kompozitorlarga Ilhom baxsh etgan. Polshada — Yu. Elsner, K. Kurpinskiy, M. Oginskiy va boshqalar; Germaniyada — G. Teleman va boshqalar 19-asrda Mazurka butun Yevropada bal raqsi sifatida mashqur bo’lgan, opera va balet sahnalariga kiritilgan (M. Glinka, P. Chaykovskiy va boshqalar). F. Shopen, A. Skryabin, K. Shimanovskiylarning fortepiano Mazurkalari jahon musiqasining mumtoz asarlariga aylangan.