ASKOXITOZLAR

ASKOXITOZLAR — o’simliklarda Ascochyta turkumiga mansub parazit zamburug’lar qo’zg’atadigan kasalliklar. Askoxitozlar o’simlik barglarida turli rangda katta-kichik dog’lar, poyasida yaralar paydo qiladi, o’simlik urug’i va mevasini zararlaydi, kasallangan barglar qurib to’kiladi, shoxlari quriydi, mevasi yetilmaydi, zararlangan urug’lik unmaydi. Aksariyat dukkakli don ekinlari, zig’ir, mevali daraxtlar, rezavor mevalilar zararlanadi. Kurash choralari: almashlab ekish, ekinni azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish, kasallikka chidamli navlarni ekish, ekishdan oldin urug’likni dorilash, o’simlik qoldiqlarini daladan chiqarib tashlash va yo’qotish.