ASOSIY ISHLAB CHIQARISH

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH, asosiy tarmoq— korxona ishlab chiqarish tuzilmasi va ixtisoslashuvining rejali yo’nalishini belgilaydigan tarmoq. Xom ashyoni tovar mahsulotiga aylantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xom ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlab beruvchi, ishlab beruvchi, tayyor mahsulotga aylantiruvchi tsexlarni o’z ichiga oladi. Odatda, Asosiy ishlab chiqarish yalpi va tovar mahsuloti, mehnat va moddiy vositalar sarfi, pul tushumlarida eng katta salmoqqa ega bo’ladi. Qishloq xo’jalik korxonalari o’z ixtisoslashuviga ko’ra paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, qo’ychilik va boshqa yo’nalishlarga ega bo’lishi mumkin.