Pana joy
Pana joy (harbiy ishda) — kishilarni turli zaharlovchi moddalar, snaryad, aviatsiya bombasi, atom qurollari va hokazolardan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan muhandislik inshooti. Pana joy yog’och, beton, temir-beton yoki toshdan quriladi. Aholi yashaydigan joylarda, odatda, aholini muhofaza qilish uchun alohida qurilgan yoki fuqaro va sanoat binolarining yerto’lalarida qurilgan turli xil Pana joylar bo’ladi. Qo’shinlarning shaxsiy tarkibini himoya qilish uchun esa vzvod, rota, artilleriya va minomyot batareyalari, kuzatish vatibbiy punktlaruchun kotlovan yoki yer osti Pana joylar quriladi. Kotlovan tipidagi Pana joylarning ustiga to’kilgan tuproqning qalinligi 150 santimetr va undan qalin, yer osti tipidagi Pana joy ustidagi tuproqning qalinligi 4 metr va undan qalin bo’lishi lozim. Dala sharoitidagi Pana joylar 20— 30 kishi va undan ko’proqqa mo’ljallab quriladi.