Pakanalik, mittilik, nanizm
Pakanalik, mittilik, nanizm — bo’yning haddan tashqari past bo’lishi. Asosan, endokrin sistema va irsiy nuqsonlar sabab bo’ladi. Pakanalik shartli ravishda proportsional va noproportsional Pakanalikka bo’linadi. Proportsional Pakanalikka gipofizar, tireogen, infantil va bosh miya kasalligi (entsefalit, istisqo) oqibatida kelib chiqqan Pakanalik kiradi. Gipofizning oldingi bo’lagi zararlanishi natijasida paydo bo’lgan gipofizar Pakanalikda aql-hush normal bo’lsa ham, gavda bolalar gavdasiga o’xshaydi, jinsiy bezlar rivojlanmaydi, ko’pincha yog’ bosadi, yuzga ajin tushib, qarimsiq ko’rinadi. Qalqonsimon bezning zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan tireogen Pakanalikda suyaklanish, moddalar almashinuvi jarayoni buziladi, aqli past bo’ladi. Skeletning ancha o’zgarishi natijasida paydo bo’lgan raxitik Pakanalik xondrodistofiya (Tog’ay hosil bo’lishining tug’ma buzilishi)dagi Pakanalikka, suyak sistemasi kasalligidagi Pakanalik proportsional Pakanalikga kiradi. Pakanalik belgilari ko’rina boshlashi bilan mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak.