Hamidova Manzura
Hamidova Manzura (1914.8.3 -Toshkent — 1998.4.10) — O’zbekiston xalq artisti (1969). Dastlab Toshkentdagi ishchi-yoshlar teatri (1934-36), Termiz teatri (1936-41), Muqimiy teatr (1941-43)larida ishlagan. 1943 yildan umrining oxirigacha yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa. Muqimiy teatrida yaratgan «Arshin mol olon» (U.Hojibekov) dagi Gulchehra, «Farhod va Shirin» (Xurshid)dagi Mohinbonu, «nomus va muhabbat» (K.Yashin) dagi onaxon, «gulsara» (K.Yashin)dagi Oysara kabi rollarida uning musiqiy qirralari namoyon bo’ldi. Yosh tomoshabinlar teatrida, asosan, onalar rollariga ixtisoslashgan. Onalar va buvilar qalbini, mehr-muhabbatini chuqur ochib berish, o’tkir psixoloptk tahlil, kuchli dramatizm, ishonarli va hayotiy talqin Hamidova ijodiga xosdir. «Yoriltosh» (Sh.Sa’dulla), «Sirli sandiq» (O.Tolipov)da o’gay ona, «Abdulla Nabiyev» (R.Rahmat)da ona, «kim aybdor» (I.Ahmedov)da buvijon, «chippolino» (Rodari)da olchaoy, «Qovoqvoy va Chanoqvoy» (P.Mo’min)da qovoq xola, «Oq kema» (Ch.Aytmatov)da ona bug’u, «o’z uy-ingdasan» (M.Boboev)da mehri xola, «Zumrad va qimmat»da o’gay ona singari rollari bilan tanildi. O’zbekiston televideniesining «otalar so’zi — aqlning ko’zi» ko’rsatuvining doimiy qatnashchisi bo’lib, mushfiq onalar timsolini turli ko’rinishlarda gavdalantirgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1997).