ASPAK

ASPAK (forscha, ASP — ot va AK — cha qo’shimchasi) — mis idish (choydish, oftoba, qumg’on, ko’za, tog’ora kabi) larning qopqog’ini va dastasini idish tanasiga biriktiradigan qismi. Idish tanasiga maxsus mis mixlar bilan qadaladi. Aspakni rixtagar ustalar birinjdan quyib yasaydilar.