ASPIDISTRA
ASPIDISTRA (Aspidistra) — marvaridguldoshlar oilasi (convallariaceae) ga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Himolay tog’lari va uning Sharqiy tomonlarida tarqalgan. 7 turi bor. Aspidistra poyasi ostidan bo’g’izbarglar hosil qiladi. Gullari mayda. O’zbekistonda bir turi (A. clatior) xushmanzara o’simlik sifatida xona va oranjereyalarda o’stiriladi.