Materik orollari
Materik orollari – bir zamonlar materiklarning tarkibiy qismi bo’lib, keyinchalik quruqlikning cho’kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzilib qolgan quruqliklar. Bunday orollar geologik va tektonik tuzilishiga ko’ra, materiklarga o’xshash bo’lib, ularning zamini materiklarning suv ostidagi davomidir. Materik orollarining ba’zi birlari juda katta bo’ladi: masalan, Grenlandiya, yangi Gvineya, yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Novaya Zemlya, Madagaskar.