ASSOSHIEYTED PRESS

ASSOSHIEYTED PRESS (Associated Press) — AQShning eng yirik axborot agentliklaridan biri. Gazeta nashrlarining kooperativ birlashmasi. AQSh gazetalarini va 100 dan ziyod mamlakatlar nashrlarini axborotlar bilan ta’minlab turadi. 1848 yil Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Chet ellarda 50 ga yaqin bo’limi va 3 mingdan ortiq muxbirlari bor. Bir qancha xorijiy informatsiya agentliklari bilan shartnomalar asosida aloqa qiladi.