ASSORTIMENT
ASSORTIMENT (Fransuzcha assortiment — tanlab olingan, saralangan) — muayyan belgilariga ko’ra guruhlangan tovarlar turlari, xillari to’plami. Vositachilar bozorida uning qatnashchilari uchun quyidagi tovarlar Assortimenti mavjud bo’ladi: 1) yopiq Assortiment —sotuvchi faqat bir korxona mollarini sotadi; 2) boy Assortiment — bir necha korxonalarning bir-biriga o’xshash mahsulotlari; 3) keng Assortiment — vazifasiga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tovarlarning turli xillari; 4) aralash Assortiment —vazifasiga yoki iste’mol usuliga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan tovarlar to’plami.