ASTAFEV VIKTOR PETROVICH

ASTAFEV VIKTOR PETROVICH (1924)—rus yozuvchisi. «O’g’irlik» (1966), «Shohbaliq» (1976), «Cho’pon va cho’pon qiz» (1971) kabi asarlari urush, Sibir qishloqlaridagi hayot, kishilarning ayanchli ahvoli haqida. «So’nggi ta’zim» (1-2-kitob, 1971 — 79) avtobiografik qissa va hikoyalar turkumida yozuvchining bolaligi aks etgan. «La’natlangan va o’ldirilganlar» (1-kitob, 1992) romanida harbiy kazarmalarning mudhish holati, sobiq Ittifoqsa amalda bo’lgan jazolash tizimining shafqatsiz qurbonlari — oddiy askarlarning azob-uqubatlari bayon etilgan.