Orexovo-Zuevo
Orexovo-Zuevo – Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1917 yildan). Klyazma daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 125,3 ming kishi (1998). Rossiya to’qimachilik sanoatining ilk markazlaridan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, plastmassa ishlab chiqarish «Karolit» zavodi mavjud. Pedagogika instituti, tarix-o’lkashunoslik muzeyi, drama teatri faoliyat ko’rsatadi. Orexovo-Zuevo 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan. 1917 yildan Orexovo-Zuevo deb atala boshlagan.