Ommetr

Ommetr (om va… metr) — elektr qarshiligini o’lchaydigan asbob. Ishi o’zgarmas kuchlanishli tok manbaida o’lchanadigan qarshilik orqali o’tadigan tok kuchini o’lchashga asoslangan. O’lchanadigan qarshilik diapazoniga qarab, megaommetrlar, teraommetrlar, mikroommetrlarga; magnitoelektrik o’lchagichli, magnitoelektrik logometrli, elektron Ommetrlarga bo’linadi. Kattaligi 100 om dan bir necha Mom gacha qarshiliklarni o’lchash uchun Ommetr o’lchana-digan qarshilikka ketma-ket ulanadi. Katta qarshiliklar megaommetr bilan, kichik qarshiliklar mikroommetr bilan o’lchanadi.