ASTMA

ASTMA (Yunoncha asthma — halloslash, bo’g’ilib qolish) — bronxlar teshigining to’satdan torayib qolishi yoki yurak kasalliklari natijasida tutadigan bo’g’ilish xuruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish zarur. Astma qanday sababga ko’ra kelib chiqqan bo’lishidan qat’i nazar, bemorni oyog’ini pastga osiltirib o’tqazish va xona havosini yangilash zarur. Dori-darmon faqat shifokor ruxsati bilan beriladi.