Olay vodiysi
Olay vodiysi – Qirg’izistonning Pomir-olay tog’lari orasidagi botiq. G’arbdan sharqqa (olay va orqa olay tizmalari orasida) 150 kilometrga yo’nalgan. Eni 8-25 kilometr. Maydoni 1700 km2 ga yaqin. Balandligi g’arbida 2240 metr, sharqida 3536 metr (Tomurun dovoni). Olay vodiysi tagi allyuvial va prolyuvial jinslardan tuzilgan, Janubda va qisman o’rta qismida morenali past-baland qator tepalar mavjud. Tog’ yaylovi, g’arbida — Qizilsuv daryosi bo’ylarida sug’orib dehqonchilik qilinadigan yerlar bor.