Olabuta eshaksho’ra

Olabuta eshaksho’ra (Atriplex L.) — sho’radoshlarga mansub bir yillik o’tsimon yoki yarim buta o’simliklar turkumi. O’zbekistonda Olabutaning maydagul Olabuta (A.mierantha C.A.Mey.), tatar Olabutasi (A.tatarika L.), elpig’ichsimon Olabuta (A.fl abellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib o’sadi, bo’yi 1 metr yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang g’ubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. To’pguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urug’i yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 millimetr. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir o’simlik 100 mingga yaqin urug’ beradi, to’kilgan urug’lari bahorda yana unib chiqadi. Begona o’t sifatida yo’l yoqasida, ekinzorlar orasida va tashlandiq yerlarda o’sadi. Kurash choralari: almashlab ekish, kultivasiya; urug’larni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qo’llaniladi.