Karamzin Nikolay Mixaylovich
Karamzin Nikolay Mixaylovich [1766.1(12). 12, Orenburg viloyati Mixaylov tumani — 1826.22.5(3.6), Peterburg] — rus yozuvchisi, publisist, tarixchi. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1818). «Moskovskiy jurnal» («Moskva jurnali», 1791-92) va 2 jildli «Aglay» almanaxi (1794-95)ni nashr ettirgan. 1802 yil «Vestnik Yevropi» («Yevropa darakchisi») jurnaliga asos solgan. Rus adabiyotida sentimentalism oqimi asoschisi. «Bechora Liza» (1792) qissasi qator milliy adabiyotlarda sentimental sahna va Nasr asarlarining paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatgan. «Rossiya davlati tarixi» (1 — 12-jild, 1816-29) yilnomasida Rossiyaning 17-asrgacha bo’lgan tarixini bayon etgan.