Kandi

Kandi (Singal tilida Maxanuvara —buyuk shahar) — Shri Lankadagi shahar. Maxaveli-Gang daryosi bo’yida. Markaziy provintsiyaning ma’muriy markazi. Aholisi 105 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Kandi — choy plantasiyalari rayonining muhim markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan (bronzadan turli buyumlar yasaladi). Buddizm diniga e’tiqod qiluvchilar ziyoratgohi: Zuba (dalada Maligava) xrami, 13-18-asrlarga oid saroy va Monastirlar saqlangan. Kandi yaqinida, Peradeniyada botanika bog’i va Davlat universitetining bir necha fakulteti bor. Kandi 15-asrdan 1815 yilgacha so’nggi mustaqil Singal davlati poytaxti bo’lgan. 12, 14, 18-19-asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklar saqlangan. Milliy muzey bor.