Kantor (Cantor) Georg

Kantor (Cantor) Georg (1845.3.3, Peterburg — 1918.6.1, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti professor (1872 — 1913). To’plamlar va transfinit sonlar nazariyasini yaratgan. Haqiqiy sonlar to’plamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), to’plamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy to’plamlar nazariyasini kiritgan, irrasional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy o’zgaruvchining funktsiyalar nazariyasida Kantor nomi bilan bog’liq muhim tushunchalar bor.