Oxunova Habiba Xo’janovna
Oxunova Habiba Xo’janovna (1943.10.1, Asaka shahri – 1994.22.9, Namangan) — xonanda (lirik dramatik Soprano). O’zbekiston xalq artisti (1975). Andijon (1959-63), Namangan (1963-94) teatrlarida ishlagan. Kumush (D.Fayziy, «Zarafshon qizi»), Layli, Shirin (xurshid, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin»), Guli (Uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), Gulsara (K.Yashin, «Gulsara»), Gulruh (A.Tursun, «Mashrab»), Halima (G’.Zafariy, «Halima»), Ra’no (Yo.Mirzo, «Anvar ila Ra’no»), Dezdemona, Ofeliya (U. Shekspir, «Otello», «Hamlet»), Barchinoy (S.Abdulla, «Alpomish») kabi rollari bilan tanildi. Oxunova lirik-dramatik obrazlarning mohir ijrochisi bo’lib, uning ijodi qahramonning ruhiy holatini, alam va o’kinch hislari, iztiroblarini tomoshabinga dramatik o’rtanishlarda, chuqur insoniy dard bilan yetkazib berishi bilan ajralib turadi. Uning «Alla», «Ko’ngil», «Ko’rmagan bo’lsam seni», «odob bilan», «kurkam Vatanim», «nay navosi», «Oshnoliging», «Barno yigit», «Sabo bilan», «o’zing», «Nay deb» singari qo’shiklari, «Ushshoq», «Taronai bayot» maqom yo’llari el orasida mashhur. «Gunoh» filmida ona rolini ijro etgan. Namangan shahri madaniyat saroyiga Oxunova nomi berilgan. Respublikada o’tkaziladigan «Alla» tanlovi uning nomi bilan yuritiladi. Ad.: Yusupov., Yo’llaringning hiloli bo’lay, T., 2001.