Nuriston

Nuriston — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shaxarcha (1992 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Jayron (6 kilometr). Viloyat markazi (Qarshi shahri)gacha 50 kilometr. Aholisi 10,5 ming kishi (2003). Jami 35 millat vakillari yashaydi. Qarshi magistral kanalidan suv oladi. Ma’muriy idoralar, aloqa bo’limi, suv tozalash inshooti, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 1768 o’rinli umumiy ta’lim maktabi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, kasalxona, dorixona bor.