Nixrom

Nixrom (nikel va xrom) — nikel olovbardosh qotishmalari guruhining umumiy nomi. Tarkibida 65-80% nikel (Ni), 15-35% xrom (Gr), 1-20% temir (Fe), 0,5—2% marganes (Mp) va alyuminiy (3,5% gacha), kremniy (1,5% gacha), uglerod, oltingugurt aralashmalari bo’ladi. Tarkibida Fe miqdory 20% dan ortiq bo’lgan Nixrom ferronixrom deb ataladi. U pastroq temperaturaga chidaydi. Nixromning olovbardoshligi juda yuqori (1250° gacha), solishtirma elektr qarshiligi ham anchagina yuqori (1,05—1,4 mkOm.m). Qarshilik elementlari, yuqori temperaturali sharoitda ishlaydigan detallar, ba’zan, reostatlar tayyorlashda ishlatiladi.