Nitragin

Nitragin — bakterial o’g’it, tarkibida tuganak bakteriyalari bor. 1 gramm quruq preparatda 50 milliongacha bakteriya bo’ladi. Nitragin tarkibidagi tuganak bakteriyalar ATM, azotin to’plab, uni o’simliklar o’zlashtiradigan birikmalarga aylantiradi. Nitragin ildizlarda tugunaklar sonini ko’paytirib, tuproqni azot bilan boyitadi, bo’lajak ekinlar hosilini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Nitragin donli, dukkakli ekinlar va dukkakli o’tlarni yetishtirishda qo’llaniladi. Nitragin quruq xonada 0-10° da saqlanadi.