Nautiluslar

Nautiluslar (Nautilus) – boshoyoqli mollyuskalar sinfining bitta turkumi. Tanasi ko’p kamerali, Spiralga o’xshab o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoq diametri 15-23 santimetr, vazni 1,8 kilogrammgacha. Eng qadimgi mollyuskalar, hozirgacha faqat bir necha turi yashab qolgan. Chig’anoq og’zidan Nautiluslarning boshi va ko’p sonli paypaslagichlari chiqib turadi. Boshqa boshoyoqli mollyuskalarga nisbatan soddaroq tuzilgan. Hind okeani sharqida va tinch okean g’arbida 100— 750 metr chuqurlikda yashaydi. O’limtik va holsizlangan Qisqichbaqa hamda baliqlar bilan oziqlanadi. Urg’ochilari 10 ta gacha yirik tuxum qo’yadi.